Kursdagi boshqa ochiq darslar

0  KUN
00
00
00

    Xarid qilish

    Tarmoq xavfsizligi

    Xavfsizlik mutaxassislari ishlatadigan haqiqiy tarmoq hujumi vositalarini noldan yarating. Tarmoq trafigini ushlab qolish orqali maʼlumotlar tizimda qanday harakatlanishini amalda koʻrasiz. Yakunda sizda toʻliq ishlaydigan tarmoq skaneri va hujumlarni aniqlovchi shaxsiy himoya vositasi boʻladi.

    Xarid qilish

    Kursdagi ochiq videolarni hech qanday toʻlovlarsiz koʻrib chiqish va tanishish mumkin.

    Tarmoq xavfsizligi

    Kursdan nimani kutishingiz mumkin?

    Bilim va ko'nikmalar

    Tarmoq xavfsizligi mutaxassisi boʻlish uchun kerakli bilimlar beriladi.

    Loyihalar

    Kurs davomida siz zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan holda 6 ta loyiha yakunlanadi.

    Sertifikat

    Har bir bitiruvchiga bilim darajasini ifodalovchi sertifikat taqdim etiladi.

    Karyerani boshlash

    Kurs yakunida oʻquvchilar karyera boshlashga tayyor boʻlib chiqadi.

    Bu kursda oʻqigan mutaxassis nima qila oladi?

    Tarmoq xavfsizligi mutaxassisi xakerlar maʼlumotlarni qanday oʻgʻirlashini bilish uchun korxona tarmogʻini sinovdan oʻtkazadi. Maʼlumotlar oqimini ushlab qoluvchi (sniffing) va tarmoqdagi aloqani oʻzgartiruvchi (MITM) vositalarni noldan yozadi. Bu kurs davomida siz bu narsalar qanday ishlashini oʻrganasiz.

    Bu kursda oʻqigan mutaxassis nima qila oladi?

    Kurs qay tartibda oʻtiladi?

    Yopiq guruh

    Telegramdagi yopiq guruhda oʻquvchilar istalgan vaqtda oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin. Oʻqituvchi va mentorlar har doim yordamga tayyor turishadi.

    Onlayn uchrashuvlar

    Har oy davomida kurs oʻqituvchilari bilan Zoom orqali onlayn uchrashuv tashkil qilinadi. Suhbat payti oʻquvchilar oʻzini qiynayotgan muammo va savollarga javob olishi mumkin.

    Videodarslar

    Darslar video shaklida platformaga joylangan boʻlib, ularni xohlagan paytda va istalgan joyda koʻrish mumkin. Videodarslar yangilab boriladi.

    Vazifalar

    Modul oxirida test topshiriqlari berilgan. Testdan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilargina keyingi moduldagi darslarga kirish imkoniyatiga ega boʻladi.

    Kurs haqida batafsil maʼlumot olishni istaysizmi?

    Maʼlumotlaringizni qoldiring va biz siz bilan tez orada bogʻlanamiz.

    Tugmani bosib, maxfiylik siyosati va foydalanuvchi shartnomasining shartlarini qabul qilgan bo'lasiz

    Kurs kimlar uchun?

    01

    Xavfsizlik boʻyicha oʻquvdan oʻtishi majburiy boʻlgan AyTi xodimlari

    Siz tarmoq administratori yoki SOC xodimisiz va zerikarli, nazariy xavfsizlik darslaridan charchagansiz. Bu kurs bilan majburiy oʻquv talablarini bajarasiz. Tarmoqdagi tahdidlarni ushlab oladigan haqiqiy himoya vositasini ham noldan oʻzingiz yozib chiqasiz.

    02

    Oʻzining xavfsizlik vositalarini qurishni xohlaydiganlar

    Pythonʼni biroz tushunasiz, lekin onlayn darslarni koʻrib, doim boshqalar yozgan tayyor skriptlardan foydalanasiz. Bu kurs sizga tayyor dasturlarga bogʻlanib qolmay, oʻzingizning shaxsiy hujum vositalaringizni noldan dasturlashni oʻrgatadi.

    03

    Hujumchilarning usullarini tushunishga harakat qilayotgan himoyachilar

    Tizimingizdagi faol tahdidlarni ushlash uchun network logʼlarini kuzatib borasiz. Lekin bu hujumlar aslida qanday qurilganini toʻliq tushunmaysiz. Bu kurs hujumlar qanday ishlashini koʻrsatib beradi va ularni yaxshiroq aniqlay olasiz.

    Kurs tarkibi

    • 120 ta dars
    • 6 ta loyiha qilinadi
    • Kurs davomiyligi - 4 soat
    • Test va topshiriqlar soni -15 ta
    Kurs bilan tanishuv
    Soʻrovnoma
    Yopiq guruhga kirish
    Qanday o‘qish kerak?
    Windowsʼni virtual mashina sifatida oʻrnatish
    Windows VM troubleshooting va NAT sozlamalari
    Bir tarmoqqa ulangan mijozlarni topish algoritmini ishlab chiqish
    1-sinov
    Scapy yordamida ARP soʻrov yaratish
    Freymlarni uzatish paketi (Broadcast Packets)ga birlashtirish
    Paketlarni yuborish va qabul qilish
    Scapy asoslari: ARP(), Ether() va srp()
    2-sinov
    1-topshiriq
    Lists (Roʻyxatlar)
    Saralash
    Eslatma
    Lugʻatlar
    Lugʻatlar roʻyxatidan foydalangan holda dasturni takomillashtirish
    3-sinov
    Eslatma: optparse va argparse
    Refaktoring
    Dasturni yangi modulda testdan oʻtkazish. Qoʻshimcha modullarni oʻrnatish
    4-sinov
    2-topshiriq
    Qoʻllanma: ARP spoofing hujumi oqimi diagrammasi
    ARP Spoofing bilan qanday ishlash kerak?
    Arpspoof yordamida tarmoqdagi paketlar oqimini qayta yoʻnaltirish
    5-sinov

    Kurs davomida bajariladigan loyihalar

    Tarmoq skaneri

    Tarmoq skaneri

    Python va Scapy yordamida lokal tarmoqdagi barcha qurilmalarni topuvchi skaner yozasiz. Bu vosita sizga hujum qilishdan oldin tarmoq xaritasini avtomatik tuzishni oʻrgatadi.

    ARP Spoofer

    ARP Spoofer

    Tarmoq trafigini oʻzingizga yoʻnaltiruvchi (MITM) vosita yaratasiz. Yana hujumdan keyin tarmoqni bildirmasdan asl holatiga qaytarish (restoration logic) mantigʻini ham dasturlaysiz.

    Tarmoq snifferi

    Tarmoq snifferi

    Tarmoq orqali oʻtayotgan maʼlumotlarni ushlab oladigan skript yozasiz. U shifrlanmagan HTTP trafigi ichidan login, parol va boshqa maʼlumotlarni avtomatik ajratib oladi.

    DNS Spoofer

    DNS Spoofer

    Foydalanuvchilarning DNS soʻrovlarini oʻzgartiruvchi dastur yaratasiz. U nishondagi qurilma soʻrovlarini asl veb-saytdan siz boshqaradigan boshqa serverlarga yoʻnaltirib yuboradi.

    HTTP kod inyektori

    HTTP kod inyektori

    Shifrlanmagan veb sahifalar trafigiga maxsus JavaScript kodlarini (payload) qoʻshish vositasini yozasiz. Uni BeEF xavfsizlik freymvorki bilan amalda ulab koʻrasiz.

    ARP hujumini aniqlovchi detektor

    ARP hujumini aniqlovchi detektor

    Tarmoqni doimiy kuzatuvchi va ARP (MITM) hujumlarini darhol aniqlaydigan shaxsiy himoya vositasini yozasiz. Bu sizning eng asosiy yakuniy loyihangiz hisoblanadi.

    Kursni tugatgach sizning rezyume

    Oʻzlashtiriladigan koʻnikmalar

    • Lokal tarmoqdagi qurilmalarni aniqlash
    • Spoofing hujumlarini dasturiy tarzda amalga oshirish
    • Shifrlanmagan tarmoq trafigini tutib olish
    • Tarmoq paketlaridan akkaunt maʼlumotlarini ajratib olish
    • Maqsadli tarmoq soʻrovlarini yoʻnaltirish
    • Tarmoq javoblariga payload kiritish
    • Faol tarmoq hujumlarini aniqlash
    Resume

    Oʻrgatiladigan texnologiyalar

    Kurs davomida quyidagi texnologiyalarni mukammal darajada oʻzlashtirasiz:

    Python

    Python

    Python

    Python

    Barcha xavfsizlik vositalari shu dasturlash tilida yaratiladi.
    Scapy

    Scapy

    Scapy

    Scapy

    Tarmoq paketlarini yaratish va manipulyatsiya qilish uchun ishlatiladigan kutubxona.
    BeEF

    BeEF

    BeEF

    BeEF

    Brauzer zaifliklarini koʻrsatish uchun ishlatiladigan taʼlim freymvorki.
    netfilterqueue

    netfilterqueue

    netfilterqueue

    netfilterqueue

    Tranzitdagi paketlarni oʻzgartirish uchun ishlatiladigan vosita.

    Kurs oʻqituvchisi

    Ulugʻbek Muminov

    Ulugʻbek Muminov

    “Tarmoq xavfsizligi” kursi eksperti

    Kiberxavfsizlik boʻyicha 6 yillik tajribaga ega mutaxassis. Rossiyaning Alfa-Bank, Tinkoff banklarida frontend va bekend dasturchi sifatida faoliyat yuritgan. Kiberxavfsizlik boʻyicha Yandex kompaniyasida pentester boʻlib ishlagan.

    Kurs haqida batafsil maʼlumot olishni istaysizmi?

    Maʼlumotlaringizni qoldiring va biz siz bilan tez orada bogʻlanamiz.

    Tugmani bosib, maxfiylik siyosati va foydalanuvchi shartnomasining shartlarini qabul qilgan bo'lasiz

    Koʻp soʻraladigan savollar

    Kursni qiynalmasdan oʻzlashtirish uchun Pythonʼni oʻrta darajada bilishingiz va tarmoq texnologiyalaridan (Linux networking) xabardor boʻlishingiz kerak.
    Yoʻq. Kursda oʻrgatiladigan maʼlumotni ushlab qolish usullari faqat shifrlanmagan (HTTP) trafikda ishlaydi. Zamonaviy saytlar HTTPS ishlatadi va ularga hujum qilish bu kurs doirasiga kirmaydi.
    Yoʻq. Biz hujumlarni mutlaqo xavfsiz laboratoriya sharoitida oʻrganamiz. Haqiqiy, real korxona tarmoqlarida bu kabi oddiy hujumlarni darhol toʻxtatadigan murakkab himoya tizimlari mavjud boʻladi.
    Ha, toʻliq mos keladi. Kurs faqat hujum usullarini emas, balki tarmoqdagi xavflarni darhol payqaydigan himoya detektorlarini yozishni ham oʻrgatadi. Shu sabab korxonalarning ichki xavfsizlik talablariga toʻliq javob beradi.
    Kursimiz videodarslar, matnli darslar va test, topshiriqlardan iborat, davomiyligi ––– 23 soat. Kuniga 1–1,5 soatdan vaqt ajratsangiz, uzogʻi 4 haftada yakunlashingiz mumkin.
    Mentor xizmati yoʻq. Kurs to‘liq mustaqil o‘rganishga mo‘ljallangan. Boshqa o‘quvchilar bilan fikr almashish va yordam olish uchun bepul Mohirdev hamjamiyatiga qo‘shilishingiz mumkin.